11:26 / 24.12.2021
6642
Foto: Qoraqalpog‘istonda qor

Ijtimoiy tarmoqlarda 24 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlariga qor yog‘gani tasvirlangan suratlar tarqaldi.

Avvalroq Respublika Gidrometeorologiya markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turishi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishidan ogohlantirgan edi.

Chimboy tumani hokimligi hududdagi ko‘chalarni qalin qor qoplagani aks etgan suratlarni e’lon qildi.

Shimbay.uz
Shimbay.uz

Qor Nukusga ham yetib kelgan, qor tufayli shaharda jamoat transporti faoliyatiga cheklovlar qo‘yilgan.

Qoraqalpog‘iston Transport vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida 19 dekabr kuni qor yog‘ayotgani aks etgan videolavhalar tarqalgan, 13 dekabrda esa Qashqadaryo va Samarqandni bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni qalin qor yog‘gani sabab yopilgandi.

Mavzuga oid
Top