15:46 / 27.12.2021
3296
2021 yilda yuz bergan o‘nta tabiiy ofat yetkazgan zarar 170 mlrd dollar deb baholandi

Bu yil tabiiy ofatlardan qashshoq mamlakatlar aziyat chekdi. Janubiy Sudan suv toshqinlari, Sharqiy Afrika esa qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rdi.

Foto: Bloomberg

2021 yilda yuz bergan o‘nta eng yirik tabiiy ofat yetkazgan zarar 170 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Bloomberg Britaniyaning Christian Aid xayriya tashkiloti tadqiqoti natijalariga tayanib xabar berdi. 

Tadqiqot mualliflari zarar miqdorini sug‘urtani qoplab bergan Aon sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlari asosida hisoblagan. Bu esa haqiqiy zarar miqdori yanada ko‘proq ekanligini bildiradi.

Bu yil tabiiy ofatlardan qashshoq mamlakatlar aziyat chekdi. Masalan, Janubiy Sudanda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida millionga yaqin inson uy-joylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Sharqiy Afrika esa qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rdi. Qurg‘oqchilik 2022 yil o‘rtalarigacha davom etishi kutilmoqda.

Tadqiqotda Afrikadagi tabiiy ofatlardan tashqari, AQSh sharqida sodir bo‘lgan Ida to‘foni (95 o‘lim, 65 mlrd dollar zarar), Yevropadagi (240 o‘lim, 43 mlrd dollar ) hamda Xitoyning Xenan provinsiyasidagi (300 o‘lim, 17 mlrd dollar zarar) suv toshqinlari sanab o‘tilgan.

Mavzuga oid
Top