Jamiyat | 19:45 / 30.12.2021
20638
2 daqiqa o‘qiladi

Atir sovundan tayyorlanayotgan gullar

Andijonlik Dadaxo‘jayeva Madina uy bekasi. U uy ishlaridan ortgan vaqtida atir sovunlardan gul yasash bilan shug‘ullanadi.

Atir sovundan tayyorlanadigan gullar alohida qoliplarga eritib solinadi. Bitta gulga o‘rtacha 2 soatdan 2 kungacha vaqt sarflanishi mumkin.

"Bu gullarning afzallik tomoni uyda 1-2 yilgacha hidi kelib turadi. Sovg‘aga berganda juda ajoyib sovg‘a bo‘ladi. Bir kunda shunaqa idishchaliklardan 40-50 ta tayyorlasa bo‘ladi. Buketlardan 10-15 tacha, kattaroq buketlardan bo‘lsa, 5 tagacha tayyorlasa bo‘ladi. Shogirdlar chiqarganman. Onlayn va oflayn shogirdlar bor. Uyga kelib o‘rganadigan shogirdlarim ham bor. Kunda, ikki kunda bir kelib o‘rganib ketishadi. Ular hozir o‘z biznesini boshlab, shu ish bilan shug‘ullanishyapti. Onlayn shogirdlar ham o‘zlari mahsulot olishib, o‘rganishib, ishlarini boshlab, biznesini yo‘lga qo‘yib bo‘lgan", - deydi biz bilan suhbatda u.

U tayyorlagan mahsulotlaridan nafaqat vodiy, balki voha viloyatlariga ham yubormoqda. Ishiga qarab oyiga 500 ming so‘mdan 5 million so‘mgacha daromad qilish mumkin.

Abduvali Qurbonov,

Tasvirchi Azizbek Ismoilov,

Montaj ustasi Muhiddin Nido.

Mavzuga oid