Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xöjaobod tumanidagi kiyim-keçak bozorida rasta qulab tuşgani aks etgan video tarqaldi. Tarqalgan xabarlarda rastalar juda eski holatda bölgani, ma’muriyat şaroit yaratib bermayotgani va u bir kişining ustiga qulab tuşgani aytiladi.

Xöjaobod tumani hokimligi ma’lum qilişiça, voqea yuzasidan mas’ullardan iborat tezkor işçi guruh tuzilib, örganiş işlari olib borilgan. Hodisa 21 dekabr kuni soat 11:00 atrofida tuman buyum bozori hududida sodir bölgan.

Xabarda tadbirkorning dökon oldiga qölbola usulda qurib olgan rastasi talabga javob bermagani, uning yuqori qismiga keragidan ortiq oğir (qişki) kiyimlar ilingani oqibatida qulab tuşgani ta’kidlangan.

Oqibatda öşa tadbirkorning özi tan jarohati bilan şifoxonaga olib ketilgan va tibbiy yordam körsatilgan.

«Hozirda tan jarohati olgan tadbirkorning ahvoli yaxşi. Boşqa jabrlanuvçilar aniqlanmagan. Hodisa sabablari örganilmoqda», deyiladi xabarda.