11:56 / 23.01.2022
13111

Arab koalitsiyasi Yamandagi qamoqxonaga zarba berdi: kamida 70 kishi halok bo‘lgan

Yamanning Saad shahridagi qamoqxonaga berilgan aviazarba oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘lgan. Saad - 2015 yildan buyon Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasiga qarshi kurashib kelayotgan isyonchi husiychilarning muhim tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Qamoqxonaga zarba juma tongida ro‘y bergan. Koalitsiya hafta boshida Birlashgan Arab Amirliklari hududiga husiychilar tomonidan qilingan hujumga javoban bir necha kun davomida Yaman hududida aviareydlar o‘tkazdi.

So‘nggi reyd haqiqiy xaos keltirib chiqargan. Mahalliy rasmiylar aholini jabrlanganlar uchun qon berishga chaqirgan, televideniyeda vayron bo‘lgan qamoqxona tasvirlari ko‘rsatilgan - videolarda maxsus texnikalar yo‘qligi tufayli xarobalar ostida qolib ketgan odamlarni qo‘lda chiqarib olishga urinishayotganini ko‘rish mumkin.

Qurbonlarning aniq soni haligacha ma’lum bo‘lmagan. «Chegarasiz shifokorlar» shifoxonalardan biriga 200dan ortiq jabrlanuvchi olib kelinganini ma’lum qilgan.

«Voqea joyida ko‘plab jasadlar yotibdi, juda ko‘p kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qancha odam halok bo‘lganini aytish imkonsiz. Bu juda dahshatli zo‘ravonlik aktidir», degan «Frans press» agentligi bilan suhbatda «Chegarasiz shifokorlar»ning Yamandagi bo‘limi boshlig‘i Ahmed Mahat.

Save the Children xalqaro gumanitar tashkiloti xabariga ko‘ra, Xodeyda port shahridagi aloqa markaziga berilgan yana bir aviazarba oqibatida futbol o‘ynayotgan uch bola halok bo‘lgan. Taxminan shu vaqtda butun mamlakat bo‘ylab internet o‘chib qolgan. Husiychilar hukumati buni aviazarbalar bilan izohlagan.

Avvalroq Yaman poytaxti Sanoga qilingan hujum oqibatida 23 kishi, Mag‘rib shahriga amalga oshirilgan raketa zarbalari oqibatida esa 29 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi.

Norvegiyaning BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy vakili Mona Yuul tashkilot Yamandagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotir bildirgan.

«Biz bo‘layotgan hodisalardan qattiq tashvishdamiz va tomonlarni keskinlikni kamaytirishga chaqiramiz. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va biz barcha tomonlarni tiyilishga chaqiramiz», degan u.

2015 yilda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan «Ansar Alloh» harakati tarkibiga kiruvchi husiychilar va saudlar rahbarligidagi koalitsiya o‘rtasida boshlangan urushdan Yaman katta jabr ko‘rmoqda. Doimiy aviazarbalar natijasida asosan tinch aholi vakillari qurbon bo‘lishadi. Shu vaqtga qadar berilgan qurbonlar soni o‘n minglab. Shuningdek, 10 mingdan ortiq bolalar halok bo‘lgan.

So‘nggi aviazarbalar to‘lqiniga dushanba kuni BAA hududiga husiychilar tomonidan dronlar orqali va raketalar bilan hujum qilinishi sabab bo‘ldi. O‘shanda hujumlar oqibatida tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lgandi.

Mavzu
Yamandagi urush

4 dekabr kuni Yamanning sobiq prezidenti, mamlakatni 33 yil davomida boshqargan Abu Abdulla Solih o‘ldirildi. Endi Yamanda fuqarolik urushining ikkinchi bosqichi boshlandi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top