07:24 / 16.02.2022
1733
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi

YUNISEF O‘zbekiston hukumatiga vaksina omborlari uchun 500 000 AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi.

Foto: UNICEF

Respublika vaksinalar omborida Moderna va Pfizer singari vaksinalarni saqlash imkoniyatini beradigan 118 ta muzlatkich, shuningdek, 7 ming dona termosumkalar va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalari tantanali ravishda topshirildi.

Foto: UNICEF

Mazkur yordam evaziga mamlakat bo‘ylab 35 ta vaksina omborlari, jumladan 14 ta hududiy, 15 ta tuman va 6 ta shahar darajasidagi vaksina ombori jihozlanadi.

Mavzuga oid
Top