O‘zbekiston | 23:35 / 26.02.2022
18595
1 daqiqa o‘qiladi

Evakuatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi guruh Lvovdan yo‘lga chiqdi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, 26 fevral Toshkent vaqti bilan soat 20:30da 90dan ziyod O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan “Krakovets” nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan.

Foto: Videodan kadr

Chegarani kesib o‘tish O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda, deyiladi TIV rasmiy vakilining axborotida.

Rasmiy xabarga O‘zbekiston fuqarolari Ukraina–Polsha chegarasi tomon yo‘l olgani aks etgan video ilova qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina hududiga Rossiya bosqini sabab mamlakatda shaharlararo transport tizimi izdan chiqqan. Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi bu holat Ukrainaning sharqiy va markaziy viloyatlaridan vatandoshlarni Polsha bilan chegaradosh Lvov shahriga xavfsiz yetkazishni tashkil etishga to‘siq bo‘layotganini xabar qilgandi.

Mavzuga oid