Ukrainada öqiyotgan özbekistonlik talabalar yertölalarda qolişga majbur bölayotgani, ularga birinçi zarur mahsulotlar yetişmay qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi izoh berdi.

Ma’lum qilinişiça, Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi vatandoşlarni evakuatsiya qiliş uçun kuçaytirilgan tartibda işlamoqda.

“Diplomatik missiya vakillari yurtdoşlarimiz bilan doimiy aloqa örnatib, yuzaga kelayotgan masalalarni tezkorlik bilan hal etib kelmoqda. Xarkovda bölib turgan elçixona mas’ul xodimi özbekistonlik talabalar bilan bevosita muloqotda bölib, ularning barça masalalarini hal etmoqda.

Elçixona hamda Ukrainadagi diasporamiz vakillari kömagida Xarkov va Zaporojye şaharlarida bölib turgan özbekistonlik talabalar uç mahal ovqat bilan ta’minlanmoqda. Şu bilan birga, Zaporojye milliy universiteti rahbariyati ham talabalarga har tomonlama yordam berişga tayyorligini bildirdi.

Bundan taşqari, Xerson, Xmelnitskiy, Dnepr va Odessa şaharlarida tahsil olayotgan talabalar masalalari diaspora kömagida hal etilmoqda.

Ayni paytda Ukraina şaharlari örtasidagi avtomobil va temir yöl aloqalari butunlay faoliyatini töxtatgan. Bunday şaroitda Ukrainaning şarqiy va markaziy viloyatlaridan vatandoşlarni Polşa bilan çegaradoş Lvov şahriga xavfsiz yetkazişni taşkil etişning vaqtinça iloji bölmayapti.

Ammo mana şu kabi jiddiy xavf-xatarlar bölişiga qaramay, bir guruh talabalar ularni zudlik bilan evakuatsiya qilişni talab etmoqda.

Şu munosabat bilan Ukrainadagi vatandoşlarimizga vahimaga tuşmaslik, yolğon ma’lumotlarni tarqatmaslik va elçixonaning xavfsizlik böyiça umumiy körsatmalariga amal qilişlarini qat’iy tavsiya etamiz.

Şu bilan birga, elçixona yaqin kunlarda Özbekiston fuqarolarini Ukrainadan xavfsiz olib çiqiş uçun barça zarur çoralarni körmoqda”, – deya ma’lum qildi TIV rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov.

Avvalroq vazirlik Ukrainadagi fuqarolar Polşa orqali evakuatsiya qilinişi haqida xabar bergandi. Buning uçun Polşa Özbekiston fuqarolariga öz çegarasini vizasiz kesib ötişiga rozilik bergan.