Ğarbning Ukrainadagi uruş va Yaqin Şarqdagi mojaro kabi global inqirozlarga munosabati Ğarb olamida va umuman demokratik Ğarbda işonç muammosini keltirib çiqaradi. Bu fikrni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) sobiq rahbari, Germaniyaning AQŞdagi sobiq elçisi Volfgang Işinger 20 noyabr, çorşanba kuni Rio-de-Janeyroda bölib ötgan G20 sammiti yakunlari böyiça DW naşri bilan suhbatida bildirdi.

«Agar biz Rossiyaga va uning Ukrainaga qarşi şafqatsiz, tajovuzkor uruşiga qarşi kuraşişda Global janub davlatlaridan haqli ravişda yordam talab qilişimiz kerak va mumkin deb hisoblasak, unda biz Global janub vakillarining savollariga javob berişda muammolarga duç kelyapmiz: «Xöp, Yaqin Şarqdagi vaziyat haqida gap ketganda bizning fikrimizni qöllab-quvvatlaşga tayyorligingiz haqida nima deysiz?» - dedi Işinger.

«Men ikki tomonlama standartlar deganda şuni nazarda tutyapman. Bu muammo va u tezda yöqolmaydi. Bu Ğarb olamiga, umuman demokratik Ğarbga bölgan işonç muammosi», deb tuşuntirdi u.

MSC sobiq rahbari 2025 yilda Ukraina va Yaqin Şarqdagi uruşlar tugaşiga umid qilişini qöşimça qilib ötdi.

YeI davlatlari AQŞ yordami qisqarsa ham Kiyevni qöllab-quvvatlaşga tayyor

Yevropa Ittifoqining eng yirik iqtisodiyotlari – Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya, şuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bölmagan Buyuk Britaniya AQŞning Kiyevni qöllab-quvvatlaşi qisqarişi ehtimoli fonida Ukrainaga yordam körsatiş bilan boğliq harbiy va moliyaviy yukni öz zimmasiga olişga tayyor. Bu haqda 19 noyabr kuni Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy Varşavada yuqoridagi davlatlar taşqi işlar vazirlari, YeI taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili lavozimida Jozep Borrelni almaştirişi kerak bölgan estoniyalik Kaya Kallas iştirokidagi uçraşuv yakunlari böyiça jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi. 

«Men Yevropa Ittifoqining eng yirik davlatlari AQŞning iştiroki qisqarişi (Kiyevni qöllab-quvvatlaşda) munosabati bilan Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam yukini öz zimmasiga olişga tayyorligini hurmat bilan e’tiborga olaman», — deya AFP Polşa taşqi işlar vazirligi rahbaridan iqtibos keltirmoqda.

Germaniya, Fransiya, Italiya va Polşa taşqi işlar vazirlarining Varşavadagi uçraşuvi Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli harbiy bostirib kirişi boşlangani 1000 kunligiga töğri keldi. Uşbu tadbirdagi muhim mavzu Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi munosabatlar rivoji ham böldi. Muhokamalarga Ispaniya va Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirlari onlayn tarzda qöşildi.