Tegishli qarorlar bilan Navoiy va Buxoro viloyati hokimliklari tuzilmasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Navoiy viloyati hokimining qarori bilan Mamadiyorova Malika Tojiyevna viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
M. Mamadiyorova ushbu tayinlovga qadar Navoiy viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Buxoro viloyat hokimining qarori bilan Ibragimova Firuza Bahodirxonovna viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
F.Ibragimova 1970 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini tugatgan. U tayinlovga qadar viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.