07:28 / 11.03.2022
13427

Dilmurod Mirsodiqov Uchtepa tumani IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Foto: IIV

Vazirlik xabariga ko‘ra, polkovnik Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar D.Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Undan avval esa Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bundan oldin Uchtepa tumani IIB boshlig‘i Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga o‘rinbosar bo‘lgandi.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Abduvosit Abdurazzoqov bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Top