OTMlarda korrupsiyaning oldini olish uchun joriy qilingan “super-kontrakt” tizimida ham korrupsiya holatlari aniqlandi
10ta OTMda 117 talabaning DTM balli soxtalashtirilib, ularning “super-kontrakt” narxi 9,6 mlrd so‘mga arzonlashtirilgan.

Foto: iStock
Deputat Doniyor G‘aniyevning yozishicha, Hisob palatasining 2021 yilgi faoliyati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Hisobotda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni soxtalashtirish holatlari aniqlangani qayd etilgan.
“Hisob palatasi tomonidan OTMlarga qo‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning hujjatlari o‘rganilganda, 10ta OTMda 117 nafar talabaning (bu faqat aniqlangani, aniqlanmagani qancha xudo biladi) Davlat test markazi ma’lumotnomasidagi ballarini soxtalashtirish orqali "super-kontrakt" summalarining miqdori jami 9,6 mlrd so‘mga kam hisoblangan”, deb yozadi deputat.
Masalan, Toshkent tibbiyot akademiyasida 2020/2021 o‘quv yilida fuqaro F.B. kirish imtihonida aslida atigi 56,6 ball olgan bo‘lsa-da, uning to‘plagan balli 132,7 ball etib ko‘rsatilgan hamda fuqarodan 279,4 mln o‘rniga 139,7 mln so‘m, 139,7 mln so‘m kamroq to‘lov-kontrakt puli olingan.
“Oddiy qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalariga kirishda aynan korrupsiyaning oldini olish maqsadida joriy qilingan "super-kontrakt" tizimining o‘zida ham korrupsiya holatlari aniqlangan. Ya’ni korrupsiyaga qarshi kurashish orqali ham "soqqa" qilish yo‘lini o‘ylab topishgan. Qoyil qolmay iloji yo‘q”, deydi deputat.
Qayd etilishicha, kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun onlayn platforma yaratilib, arizalar avtomatik tarzda qabul qilinishi va shartnomalar summasi inson omilining aralashuvisiz hisoblanishi yo‘lga qo‘yilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 21:18
-
O‘zbekistonda nasiya savdo. Bir yilda bo‘lib to‘lash 1,5 barobargacha qimmatga tushadi
Iqtisodiyot | 21:03
-
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi

11:30 / 05.03.2025