03:18 / 16.03.2022
24533
YeChL. «Atletiko» «MYu»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Ayaks» ham musobaqani tark etdi
Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalning javob bahslari davom ettirildi. 

«Atletiko» safarda «Manchester Yunayted» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoalarning Madriddagi bellashuvida g‘olib aniqlanmagandi. 

Portugaliyada jangovar durang qayd etgan «Ayaks» kutilmaganda o‘z maydonida «Benfika»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

YeChL. 1/8 final. 16 mart
Javob o‘yinlari

Manchester Yunayted — Atletiko 0:1
Gol: 
Lodi (41). 
Manchester Yunayted – De Xea, Dalot, Varan, Maguayr (Mata, 84), Telles, Fred (Kavani, 75), Fernandesh (Pogba, 67), Maktominey (Matich, 67), Ronaldu, Sancho, Elanga (Reshford, 67). 
Atletiko – Oblak, Savich, Ximenes, Reynildu, Lodi, Lorente, Koke (Kondogbia, 80), Errera, de Paul, Grizmann (Korrea, 90+3), Felish (Felipe, 90).
Ogohlantirishlar: de Paul (43), Matich (81), Dalot (87).
Birinchi o‘yin — 1:1.

Ayaks — Benfika 0:1
Gol: 
Nunes (77).
Ayaks – Onana, Mazraui, Martines, Timber (Quddus, 90+6), Blind, Alvares (Brobbi, 81), Gravenberx, Tadich, Bergeys (Klassen, 81), Aller, Antoni. 
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto (Lazaro, 90+1), Vertongen, Otamendi, Grimaldo, Taarabt (Meyte, 46), Rafa Silva, Vaygl, Everton (Yaremchuk, 72), Nunes (Diogu Gonsalvesh, 81), Gonsalu Ramush (Bernardu, 90+1).
Ogohlantirishlar: Gonsalu Ramush (67), Timber (83), Blind (90+4), Gravenberx (90+5).
Birinchi o‘yin — 2:2.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top