«Mançester Yunayted» Ruben Amorim asosiy jamoa boş murabbiyligidan iste’foga çiqqanini e’lon qildi.
Bu iste’fo portugaliyalik mutaxassis 4 yanvar kuni «Lids» bilan öyindan keyin (1:1) ötkazilgan matbuot anjumani vaqtida klub sport direktori Jyeyson Uilkoks bilan örtada ziddiyat borligiga işora qilgandi; u boş murabbiy emas, balki menejer ekaniga urğu qaratgan; şuningdek, iste’foga çiqmasligi va «yaqin 18 oy içida yoki uni almaştirişga qaror qilişmaguniça aynan menejer sifatida işlaşi»ni aytgandi.
«Qaytaraman, men menejer bölişni xohlayman, boş murabbiy emas. Tuxel, Konte yoki Mourinio emas ismim, lekin “Mançester Yunayted” menejeriman va heç qayerga ketmoqçi emasman. Şartnomaga köra yana bir yarim yil şu işni qilaman, keyin hamma öz yöliga ketaveradi. Sport direktori ham, skauting bölimi ham, men ham öz işimizni qilcak kifoya.
Agar Gari Nevillning tanqidlari kimnidir xavotirga solsa, klubni almaştirişi kerak», – degandi u.
Klub esa rasmiy xabarida u menejerlikdan emas, aynan «boş murabbiylikdan iste’foga çiqarilgani»ga urğu qaratdi.
Katta ehtimol bilan, u va sport direktori örtasida qişda yangi transferlar qiliş-qilmaslik masalasida ziddiyat yuzaga kelgan. Hozirda klubda qator asosiy tarkib futbolçilaridan foydalana olmayapti (Bruno Fernandeş, de Liht, Kobi Maynu jarohatlangan, yana uç muhim futbolçi – Amad, Mazraviy va Mbeumo Afrika kubogiga ketgan) va sönggi turlarda murabbiyning tanlov imkoniyatlari haddan taşqari çeklangandi.
Amorim «MYu»da 2024 yil noyabrida Erik ten Haag örniga iş boşlagandi. Portugaliyalik uşbu mutaxassis bungaça Lissabonning «Sporting» klubida işlagan va uşbu jamoa bilan Portugaliya çempionatida ğolib çiqqandi.
«Qizil iblislar» ötgan mavsumni 15-örinda yakunlagan, joriy mavsumda esa 20 turdan keyin 31 oçko (8 ğalaba, 7 durang, 5 mağlubiyat) töplagan holda turnir jadvalining 6-poğonasida bormoqda. Mankunianliklar peşqadam «Arsenal»dan 17 oçkoga ortda qolib ketişgan.
Amorim jami 63 ta öyinda «qizil iblislar»ga ustozlik qildi. Bu öyinlarning 25 tasida ğalaba, 15 tasida durang, 23 tasida mağlubiyat qayd etildi. Uning boşqaruvida jamoa Yevropa Ligasi finaliga çiqdi, ammo finalda «Tottenhem»ga yutqazdi.
«Mançester Yunayted» APLning keyingi turida «Byornli» mehmoni böladi. Uşbu öyinga jamoani mavsum yakuniga qadar vaqtinça murabbiy etib tayinlangan Darren Fletçer boşqarib boradi.








