11:07 / 17.03.2022
21787
O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollarning sotuv kursi 11 630 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 17 mart kuni dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi.

Tijorat banklari valuta ayirboshlash shoxobchalari orqali AQSh dollarining sotuv kursi 11 630 so‘mgacha ko‘tarildi.

Bungacha banklarda 1 dollar 11390 so‘mgacha sotilayotgan edi.

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 11 520 so‘mdan sotib olishni, 11 630 so‘mga sotishni taklif qilmoqda.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • NBU: sotib olish — 11 550 so‘m, sotish — 11 625 so‘m;
  • «Hamkorbank»: sotib olish — 11 570 so‘m, sotish — 11 630 so‘m;
  • «Davrbank»: sotib olish — 11 515 so‘m, sotish — 11 630so‘m;
  • «Turonbank»: sotib olish — 11 515 so‘m, sotish — 11 625 so‘m;
  • «Tengebank»: sotib olish — 11 520 so‘m, sotish — 11 630 so‘m;
  • «Kapitalbank»: sotib olish — 11 560 so‘m, sotish — 11 620 so‘m.
Mavzuga oid
Top