Jahon | 15:54 / 21.03.2022
10164
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Rossiyaning 22 mlrd yevro mablag‘ini muzlatib qo‘ydi

Fransiya sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan rossiyaliklarning aktivlari va ko‘chmas mulklarini ham muzlatdi.

Foto: AFP

Fransiya Rossiya bankining 22 mlrd yevrodan ortiq mablag‘larini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno le Mer ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Fransiya sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan rossiyaliklarning aktivlari va ko‘chmas mulklarini ham muzlatdi. Bryuno le Merning so‘zlariga ko‘ra, ularning umumiy qiymati 850 mln yevroni tashkil etadi.

Mart boshidan buyon YeIning boshqa mamlakatlari ham ana shunday choralar qo‘lladi. Rossiyalik qator milliarderlarning villa va yaxtalari xatlovga olindi.

Yakshanba kuni Avstraliya ham Moskvaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi.

«Hukumat Avstraliyadan Rossiyaga alyuminiy, alyuminiy rudasi eksportini taqiqladi», deb ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri Skott Morrison.

Mavzuga oid