Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yirik chakana savdo tarmog‘i O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilmoqchi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning yirik "Monetka" chakana savdo tarmog‘i bo‘lim boshlig‘i Yelena Permyakova bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda "Monetka" tarmog‘i savdo shoxobchalarida mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yelena Permyakova "Monetka" chakana savdo tarmog‘i o‘z mijozlariga zarur tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlarini taklif qilishini aytdi. Do‘konlar tarmog‘ini sifatli va o‘z vaqtida tovarlar bilan ta’minlash maqsadida korxonada yettita distribyutorlik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kuniga 50 tonna piyoz, 20 tonna uzum, 20 tonna xurmo, 100 tonnaga yaqin kartoshka va boshqa mahsulotlar sotiladi.
"Monetka" tarmog‘i savdo shoxobchalarida O‘zbekiston meva-sabzavotlari, to‘qimachilik va boshqa mahsulotlarini sotishdan manfaatdormiz. Kompaniyamiz o‘zbekistonlik yetkazib beruvchilar bilan ham uzoq muddatli shartnomalar tuzishga qarshi emas", - dedi u.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026