22:56 / 02.04.2022
21302
Oksana Chusovitina jahon kubogini qo‘lga kiritdi 

Oksana Chusovitina Misr poytaxti Qohirada o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogida kumush medalni, Qatar poytaxti Dohada o‘tgan jahon kubogida esa oltin medalni qo‘lga kiritgandi. 

Foto: minsport.uz

Oksana Chusovitina Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 

Yaqinda 47 yoshga qadam qo‘yadigan Chusovitina tayanib sakrash mashqi bo‘yicha o‘tkazilgan final bahslarida 13,266 ball bilan 1-o‘rinni egalladi

Jami to‘rt bosqichdan iborat bo‘lgan ushbu musobaqaning uchta bosqichida qatnashib, ikkita oltin va bitta kumush medalga sazovor bo‘lgan Oksana tayanib sakrash yo‘nalishida jahon kubogi sohibasiga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina 19 mart kuni Misr poytaxti Qohirada o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritgandi. 

5 mart kuni Qatar poytaxti Dohada o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogida esa oltin medalga ega chiqqan edi. 

Mavzuga oid
Top