07:36 / 06.04.2022
2855
2022 yilning birinchi choragida 3,5 ming fuqaro xorijda ishga joylashtirilgan

2022 yilning birinchi choragida 3,5 ming nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi. Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: AOKA

Qayd etilishicha, 2022 yilning birinchi choragida 3 ming 522 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Shundan 2 ming 183 nafari Rossiyaga, 44 nafari Qozog‘istonga, 1 ming 293 nafari Janubiy Koreyaga va boshqa davlatlarga ishlash uchun yuborilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2021 yilda 108 ming 592 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Shundan 100 ming 111 nafari Rossiyaga, 6 ming 924 nafari Qozog‘istonga, 1 ming 532 nafari Janubiy Koreyaga, shuningdek, BAA, Turkiya, Polsha va boshqa davlatlarga ishlash uchun yuborilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2 ming 167 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 51 ming 498 nafar mehnat migrantiga maslahat xizmatlari, 2 ming 930 nafar mehnat migrantiga ijtimoiy yordam, 976 nafar mehnat migrantiga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Bundan oldin mart oyida Rossiyadan 50 ming migrant O‘zbekistonga qaytgani ma’lum qilingandi.

Top