Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez tibbiy yordam ilmiy markazi filialiga ishga kiritish evaziga 40 mln so‘m olgan shaxs ushlandi
Ishga va o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nukus tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro R.N. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 40 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.A. fuqaro J.Yu.ni tanishlari yordamida 8 mln so‘m evaziga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish filialiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dillar bilan ushlangan.
Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman obodonlashtirish boshqarmasi haydovchisi S.S. fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib, uni boshqarma boshlig‘i F.A. orqali ishga kiritib qo‘yishi evaziga 150 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dillar bilan ushlangan.
Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi xo‘jalik mudiri A.U. fuqaro X.A.ning turmush o‘rtog‘ini ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
16:11 / 24.04.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha hukm o‘qildi
22:44 / 23.04.2026