Ötkazilgan tezkor tadbirda Buloqboşi tumani tibbiyot birlaşmasi statisti B.X. fuqaro T.Z.ni Marhamat tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tez tibbiy yordam bölimiga hamda fuqaro T.Yu.ni viloyat tibbiyot muassasalaridan biriga işga kiritib qöyişi evaziga har biri uçun 800 dollardan jami 1 600 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Xiva şahar bölimi DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Ya. fuqaro N.Yu.ning qarindoşi M.I.ni göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida 1 500 dollar evaziga “Bekobod” qişloq vraçlik punktiga işga kiritib qöyişini aytib, oldindan 1 000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, Departamentning Olmazor tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toşkent şahar filialining bölim mudiri N.Z. (muqaddam sudlangan) fuqaro Z.A.ni Olmazor tumani tez tibbiy yordam bölimiga işga kiritib qöyişi evaziga 5 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













