17:09 / 11.04.2022
18982
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,31 so‘mga pastlab, 11 329,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro 45,67 so‘mga ko‘tarilib, 12 377,35 so‘m bo‘ldi. Rubl 4,98 so‘mga pastlab, 142,96 so‘m bo‘ldi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket besh kundan buyon pastlamoqda. O‘tgan hafta oxirida dollarning rasmiy kursi 17,82 so‘mga pastlab, 11 344,69 so‘mni tashkil qilgandi.

Mavzuga oid
Top