16:26 / 12.04.2022
18015
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga oltinchi bor pasaydi

O‘zbek so‘mi kursi mustahkamlanishda davom etmoqda.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,38 so‘mga pastlab, 11 315  so‘mni tashkil qildi. Yevro 74,55 so‘mga pasayib, 12 302,80 so‘mga tushdi. Rubl 7,65 so‘mga qadrsizlanib, 135,31 so‘m bo‘ldi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket oltinchi marta pastlamoqda. 11 aprel kuni dollarning rasmiy kursi 15,31 so‘mga pastlab, 11 329,38 so‘mni tashkil qilgandi.

Mavzuga oid
Top