13:33 / 12.04.2022
10601
So‘x tumanida yangi o‘rnatilgan elektr tayanchlar qulab tushdi

Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Zangat” MFY hududida sug‘orish tik qudug‘i loyihasi bo‘yicha 2022 yil fevral oyida o‘rnatilgan beton elektr tayanchlar 2 oyga bormasdan qulagan.

Mahallada yashovchi fuqarolarning Kun.uz'ga yuborgan suratlaridan, beton ustunlarning ostki qismi bo‘laklarga bo‘linib ketganini ko‘rish mumkin. Bu esa beton qorishmasining sifatiga nisbatan savollar uyg‘otadi.

“Zangat” MFY Sihatgoh ko‘chasiga 5 oycha oldin transformator olib kelishgan, lekin haligacha o‘rnatilmagan, yerda yotibdi. Bir so‘z bilan aytganda, So‘xda TETK xodimlaridan “Zangat” MFY xalqi norozi”, — deyiladi tahririyatga kelgan murojaatda.

Kun.uz'ning aniqlashicha, hududga temir-beton tayanch o‘rnatish ishlari “Zilxa A” MChJ tomonidan amalga oshirilgan. Tayanchlar So‘x TETK shartnomasi asosida So‘x tumanida ishlab chiqarilgan.

Top