17:47 / 16.04.2022
33121
G‘ofur Rahimov Boks federatsiyasida ish boshlaydi

AIBA sobiq rahbari, tadbirkor G‘ofur Rahimov O‘zbekiston Boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi va unda Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti, tajribali mutaxassis G‘ofur Rahimov birinchi vitse-prezident, Ziyovuddin Hojiniyozov esa vitse-prezident vazifalariga saylanishgan.

Ma’lumot uchun, G‘ofur Rahimov 2018 yilning noyabridan 2019 yilning iyuliga qadar Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA)da rahbari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, 2010 yilda esa Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan. 2001 yildan 2012 yilgacha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining vitse-prezidenti bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top