Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida Ğofur Rahimovning turmuş örtoği Lola Rahimova bilan boğliq iş körib çiqildi: Toşkent şahrida yaşovçi 43 yoşli Sardor Miraliyev akasi Oybek Miraliyev va boşqalar bilan jinoiy til biriktirib, özganing köp miqdordagi mol-mulkini qölga kiritiş, hujjatlarni qalbakilaştiriş kabi jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan.

Sud hukmida körinişiça, Sardor Miraliyev akasi va boşqalar bilan bir guruh bölib, Lola Rahimovani uning ta’sisçiligidagi “Sanoatqurilishindustriya” MÇJga qaraşli, Yakkasaroy tumanida joylaşgan bino-inşootlarni tanişlari orqali 2,5 mln AQŞ dollariga sotib berişga işontirgan. Şu tariqa u akasi Oybek Miraliyevning yordami bilan Lola Rahimovaning Özbekistondagi mol-mulklarini boşqariş va tasarruf qiliş huquqini beruvçi işonçnomani qölga kiritgan.

Şundan söng aka-uka 2018 yilning aprel oyida yuqoridagi mol-mulklarni 2018 yil oxirigaça tölab beriş şarti bilan 2,8 mln AQŞ dollariga fuqaro R.Gafarovga sotib, oldindan 200 ming dollar olişgan. Ammo Oybek va Sardor Miraliyevlar 2018 yil oktabr oyiga kelib, R.Gafarov kelişilgan pulni öz vaqtida tölab bermaganligi vaji bilan bino va inşootlarni A.Xodjayevga 2,8 mln dollarga sotib yuboradi. Birinçi xaridordan olingan 200 ming dollar esa egasiga qaytarilmagan.

2,8 mln dollar pul aka-uka tomonidan A.Xodjayevdan 2019 yil sentabr oyigaça kredit mablağlari, naqd pul va köçmas mulk kabi körinişlarda qabul qilib olingan. Biroq uşbu mablağ ham haqiqiy egasi bölgan Lola Rahimovaga berilmasdan, şaxsiy ehtiyojlarga sarflab yuborilgan.

Bundan taşqari, Sardor Miraliyev akasi boşçiligida Şveytsariya davlatida röyxatdan ötgan “Frewar Investmens LTD” kompaniyasining yagona ta’sisçisi K.Ğulomovning uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötayotganligidan foydalanib, unga tegişli mol-mulklarni ham qölga kiritişni maqsad qilgan. Xususan, Miraliyevlar tomonidan hujjatlarni soxtalaştiriş hisobiga K.Ğulomovga tegişli 5 qavatli köçmas mulk özlaştiriladi hamda 2,7 mln AQŞ dollariga sotib yuboriladi. Ammo bu pullar K.Ğulomovga berilmasdan, şaxsiy ehtiyojlar uçun işlatilib yuborilgan.

Sud hukmi bilan Sardor Miraliyevga 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Oybek Miraliyev esa jinoyat işlari böyiça Sirğali tuman sudining 2020 yil 9 iyuldagi hukmiga köra Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybli deb topilib, unga 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya sudlov hay’atining 2021 yil 27 dekabrdagi ajrimiga köra, sud hukmi özgartirilib, jazo muddati 11 yil etib belgilangan.

Hukm qonuniy kuçga kirgandan söng aka-uka Miraliyevlardan solidar tartibda jabrlanuvçi Lola Rahimova foydasiga 2,8 mln AQŞ dollari hisobidan 31 mlrd 836 mln söm, jabrlanuvçilar K.Ğulomov va K.Mirxöjayev foydasiga 2.7 mln AQŞ dollari hisobidan 30 mlrd 699 mln söm, jabrlanuvçi R.Gafarov foydasiga 200 ming AQŞ dollari hisobidan 2 mlrd 274 mln söm miqdordagi moddiy zarar undirilişi belgilangan.