Şu bilan birga, Toşxöjayev jurnalist bergan savolning “unga nisbatan tekşiruv olib borilyaptimi”, degan qismini javobsiz qoldirdi.

“Endi, aldoqçi bölib qolmay, iş olib borilyaptimi, olib borilmayaptimi, degan joyini tuşirib ötib ketsak. Bizda hozirgi vaqtda u şaxsga nisbatan jinoyat işi mavjud emas. U şaxs keltirilmagan, qidiruvga e’lon qilinmagan”, – dedi IIBB rasmiysi.

Uşbu taniqli tadbirkor qidiruvga berilgani haqidagi xabarlarni avvalroq Kun.uz manbasi tasdiqlamagan edi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Boş prokuraturasi 2018 yil iyulda Ğofur Rahimovni qidiruvdagi şaxslar röyxatidan çiqargan. U 2012 yildan buyon AQŞ Moliya vazirligining sanksion röyxatida qolmoqda. Tadbirkor Amerika rasmiylarining öziga qarşi ayblovlariga “töqib çiqarilgan va siyosiy motivlarga ega yolğonga asoslangan” deya munosabat bildirgan.

72 yoşli Ğofur Rahimov 2022 yil aprelida Özbekiston professional boks federatsiyasi birinçi vitse-prezidenti etib saylangan.