Kubadagi zamonaviy boks maktabining asosçisi Karlos Vilyanuyeva bu sohada yarim asrlik tajribaga ega. Uning şogirdlari orasida köplab jahon çempionlari va Olimpiya öyinlari sovrindorlari bor hamda Kuba terma jamoasi boş murabbiyi Rolando Asebal uni özining ustozi deb ataydi.
Yangi maslahatçi oldida mahalliy boks tizimini örganib çiqib, ilmiy tahlillar asosida sportçilarni tayyorlaş böyiça yagona uslubiy qöllanma yaratiş kabi juda katta vazifa turibdi. Milliy olimpiya qömitasi raisi örinbosari, Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Saken Pölatov taşabbusi bilan taşkil etilgan yiğilişda mazkur loyiha ÖzDJTSU professor-öqituvçilari va dotsentlari bilan muhokama qilindi.

Voqeani şarhlar ekan, Saken Pölatov şunday dedi: “Bir oy oldin davlatimiz rahbari sportni ommalaştiriş va sport ta’limini takomillaştirişga bağişlangan katta yiğiliş ötkazdi. Sport rahbariyati oldiga qöyilgan maqsadlar nihoyatda aniq: tuğma qobiliyat sohiblarni tarbiyalaşdan tizimli ravişda çempionlarni tayyorlaşga ötiş. Sönggi paytlarda hududlarga qilgan taşriflarimiz şuni körsatdiki, aksariyat muassasalarda bunday tizim qurilmagan, şuning uçun markazlaşgan kömaksiz buning uddasidan çiqib bölmaydi. Va biz, albatta, nafaqat yordam beramiz, balki özimiz ham uşbu loyihada 100% iştirok etamiz, çunki natijalar bizga uzoq kelajakda emas, balki örta muddatli istiqbolda kerak”.

Şuningdek, Özbekistonda boksçilarni tayyorlaşning Milliy standarti işlab çiqilişi, uni Bolalar va ösmirlar sport maktablari, boks maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida joriy etiş rejalaştirilgani ma’lum böldi. Bu yangi yulduz nomlarini kaşf qiluvçi samarali tanlov uçun qöşimça rağbat beradi.
Ⓣ






