Bu haqda AQŞ sud tizimining elektron ma'lumotlar bazasida e'lon qilingan rasmiy hujjatida ma'lum qilingan.
AQŞ moliya vazirligining sanksiyalar qöllanişining qonuniyligi uçun javob beruvçi Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) 2012 yilda Rahimovni sobiq ittifoq fuqarolari taşkil etgan “Birodarlik halqasi” xalqaro jinoiy tarmoği faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib, unga nisbatan sanksiyalar kiritgan. 2017 yilda AQŞ moliya vazirligi Rahimovga qarşi kiritilgan sanksiyalar talqin qilinişini özgartirib, uni jinoiy avtoritetlar tarmoğini qöllab-quvvatlaşda ayblagan. Öz navbatida Rahimov uşbu qarorni noqonuniy deb atab, öziga qöyilayotgan ayblovlarning nimaga asoslangani unga tegişliça ma'lum qilinmaganini aytgan.
“Sud arzçining sanksiyalar röyxatiga kiritilgani asosli bölgani va joriy tartibda u böyiça bahslaşiş samarasiz ekanligi haqidagi qarorga keldi”, deyilgan federal sudya Jyeyms Bosberg qarorida.
“Moliya vazirligining sud tomonidan videoaloqa böyiça körilgan maxfiy ma'lumotlari Rahimovning (ehtimoliy) jinoyatlari va “qonundagi öğrilar”ning jinoyatlari örtasida boğliqlik borligi haqidagi ma'lumotlarni saqlaydi. U sudga uşbu qarorni rad etuvçi birorta ma'lumot taqdim qilmagan va faqatgina moliya vazirligi ma'lumotlari yetarliça emasligini aytiş bilan kifoyalangan”, deyilgan sudya qarorida.
“Agar arzçi özining sanksiyalar röyxatidan çiqarilişi haqidagi arznomasi böyiça Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasining qarorini notöğri yoki yetarliça asoslanmagan deb hisoblasa, u çiqarilayotgan qaror böyiça sudda bahslaşişi mumkin”, deb aytgan sudya.








