18:23 / 18.04.2022
10333
Atamboyev boshqa koloniyaga o‘tkazildi

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u 47-koloniyadagi tutib turish sharoitlaridan qoniqmagan.

Foto: knews.kg

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Chuy oblasti Alamudun rayonidagi 27-umumiy tartibdagi axloq tuzatish koloniyasiga o‘tkazildi.

Atamboyev 6 aprel kuni jurnalistlarga o‘zini Bishkekdagi 47-shifoxona tipidagi axloq tuzatish koloniyasidan Chuy oblastidagi 8-koloniyaga o‘tkazishlarini so‘raganini aytgandi.

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u 47-koloniyadagi tutib turish sharoitlaridan qoniqmagan hamda 23 mart kuni sudga qorda oyoqyalang olib kelishganidan norozi bo‘lgan. 

Atamboyev 2020 yil iyunda korrupsiyada aybdor deb topilib 11 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi. 

Tergov hujjatiga ko‘ra, u bir guruh shaxslar bilan kriminal avtoritet Aziz Batukayevning qamoqdan ozod qilinishiga yordam bergan.

Batukayev ishi bo‘yicha hukmdan so‘ng Atamboyev 47-sonli axloq tuzatish koloniyasiga joylashtirilgan.

Top