07:39 / 18.04.2022
5783

O‘zbekiston ikki oyda Rossiyaga 2,5 ming tonna anor yetkazib berdi

O‘zbekiston ikki oyda qariyb 5 ming tonna anor eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 5,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,9 ming tonna anor eksport qilgan. 

Qayd etilishicha, anor eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2022 yilning dastlabki ikki oyida eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilyapti – 2,5 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlat kesimida quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 1,7 ming tonna;
  • Tojikiston – 492 tonna;
  • Qirg‘iziston – 239 tonna.

Ikki oyda xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati – 998 tonna; 
  • Surxondaryo viloyati – 823 tonna; 
  • Toshkent viloyati – 767 tonna; 
  • Farg‘ona viloyati – 661 tonna.  
Top