Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, hisobot davrida Özbekistondan eng köp guruç import qilgan davlat Qozoğiston bölgan — 8 ming tonna. Bu körsatkiç umumiy eksport hajmining katta qismini taşkil etib, qöşni davlat Özbekiston guruçining asosiy xaridori sifatida qayd etilgan.

Ikkinçi örinda Tojikiston joylaşgan bölib, u yerga 3,4 ming tonna guruç yetkazib berilgan. Uçinçi örinni esa Qirğiziston egallagan — 2,4 ming tonna.

Şuningdek, Özbekistondan AQŞga 824,8 tonna guruç eksport qilingani ma’lum qilindi. Afğoniston va Turkiyaga 45,2 tonnadan guruç yetkazib berilgan. Boşqa davlatlarga esa jami 113,5 tonna mahsulot eksport qilingan.

Guruç eksporti geografiyasining kengayişi taşqi bozordagi talabni qondiriş, eksport salohiyatini oşiriş hamda agrosanoat tarmoğida qöşimça qiymat zanjirlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.