18:20 / 20.04.2022
33156

Mudofaa vazirligi temiryo‘l orqali tashilayotgan harbiy texnikalar yuzasidan izoh berdi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda temiryo‘l vagonlarida harbiy texnikalar olib o‘tilgani bo‘yicha tarqalgan videolar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq har yili ta’mirlash zavodlari negizida kapital va o‘rta ta’mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirib boriladi.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda aynan shu jarayonlar, ya’ni ta’minot va shaxsiy tarkibni tashish uchun mo‘ljallangan texnikalarning qo‘shinlarga yuborilishi aks etgan.

Avvalroq, o‘zbekzabon  Telegram-kanallarida «Toshkent aeroporti yonidagi temiryo‘ldan vagon-vagon harbiy texnikalar olib o‘tilgani, bu harbiy texnikalar qayerga nima uchun olib ketilgani bizga qorong‘i», degan videolar tarqalgan edi.

Mavzuga oid
Top