13:14 / 24.04.2022
564
Samarqandda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonni noqonuniy olib ketayotgan shaxs aniqlandi

Samarqand viloyatida joylashgan “Yuqori nuqta” muntazam YPX maskanida “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonni asosli hujjatlarsiz olib ketayotgan fuqaro aniqlangan.

Videodan kadr

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 21 aprel kuni soat 22:30 larda, M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tgan 1039-kilometrida joylashgan “Yuqori nuqta” muntazam YPX maskanida Termiz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan Lacetti mashinasi to‘xtatilgan.

Mashina tegishli tartibda tekshirilganda uning salonida, qafasga solingan, “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘rsiq hech qanday asosli hujjatlarsiz olib ketilayotgani aniqlangan.

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va olib ketilayotgan hayvon tuman IIBga topshirilgan.

Ma’lumot uchun, bo‘rsiq sut emizuvchilar turkumining susarsimonlar oilasiga mansub bo‘rsiqlar urug‘ining yagona turi bo‘lgan yirtqich hayvon hisoblanadi. U kamayib ketgani uchun “Qizil kitob”ga kiritilgan.

Mavzuga oid
Top