Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan cho‘l burgutini sotayotgan shaxsga chora ko‘rildi
Joriy yilning 10 mart kuni Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi davlat inspektorlari hamda Yangiobod bozori ma’muriyati tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Reyd bozorda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yish maqsadida amalga oshirildi. Tadbir davomida fuqaro S. A. tomonidan bir bosh cho‘l burguti sotilayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning besh barobari — 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Ayni damda burgutga Toshkent hayvonot bog‘ida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Salomatligi to‘liq tiklangach, tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi.
Ma’lumot uchun, cho‘l burguti zaif, qisqarib borayotgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, TMXIning Qizil ro‘yxati va CITEC II ilovasiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 17:35
-
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi
Jahon | 17:20
-
"Biznesni rivojlantirish banki" biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Prezident akademik Azimboy Sa’dullayev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi
Jamiyat | 16:45
Mavzuga oid

13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi

16:03 / 26.12.2024
Oq boshli burgut rasman AQShning milliy qushiga aylandi

21:13 / 31.10.2024
Tipratikan yo‘qolib ketish arafasidagi tur sifatida Qizil kitobga kiritildi

13:08 / 05.09.2024