Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxon davlat qo‘riqxonasida Buxoro tog‘ qo‘ylari tasvirga olindi
Ushbu noyob jonivorlar O‘zbekiston hamda Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan, yo‘qolib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi.
Foto: Videodan kadr
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Surxon" davlat qo‘riqxonasi xodimlari noyob jonivor — butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan Buxoro tog‘ qo‘ylarini tasvirga tushirgan.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Buxoro tog‘ qo‘ylari O‘zbekistonda asosan Ko‘hitang, Boysuntog‘, Hisor, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida uchraydi.
Ular odatda, dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikdagi tog‘ tizmalarida va siyrak archazorlarda yashaydi. Buxoro tog‘ qo‘ylari poda bo‘lib yashaydi va mavsumiy ko‘chib yuradi.
Bir yil avval, 2022 yil dekabr oxirida "Surxon" davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan so‘nggi sanoq natijalariga ko‘ra qo‘riqxonada 97 bosh Buxoro tog‘ qo‘yi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:21 / 13.05.2026
Surxondaryoda Qizil kitobdagi qushni ovlab, iste’mol qilganlar aniqlandi
14:39 / 06.05.2026
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi
08:00 / 14.03.2025
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i va ikkita davlat qo‘riqxonasi hududi kengaytirildi
13:52 / 02.03.2025