“Manzil” loyihasi oxirgi körsatuvlarida asosan tabiat qöynida yaşayotgan jonivorlar haqida hikoya qilib keldi. Bu gal esa ularni juda-juda yaqindan: hayvonot boğida turib tomoşa qilamiz.
Köpçilik Toşkent hayvonot boğidagi xilma-xillik unça katta emas deb öylaydi. “Manzil” körsatuvini körib, boğda hayvonlarning siz bilmagan turlari va köplab jarayonlarga guvoh bölasiz.
Bu yil 100 yoşga tölgan Toşkent hayvonot boği – ilmiy tadqiqot işlari olib boradigan muassasa. U 1924 yilda 3 gektar maydonda Örta Osiyo universiteti biolog olimlari taşabbusi bilan sobiq Turkiston general gubernatorining şahar çekkasidagi dala hovlisidagi kiçik hayvonot burçagi negizida taşkil etilgan.
Boğ 1940-yillar oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot boğiga aylandi. Özbekiston hukumati qaroriga köra, 1994–97-yillarda Toşkent hayvonot boği uçun barça zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan yangi hayvonot boği qurildi. Botanika boği yaqinida joylaşgan mazkur hayvonot boğiga 1997 yil 1 sentabrda Toşkent hayvonot boği köçib ötgan.
Hozirda hayvonot boğida 400 ga yaqin hayvon turlari saqlab kelinmoqda.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus













