17:57 / 26.04.2022
18395

Milliy gvardiya qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosarlari tayinlandi.

Adhamjon Sormonqulov Milliy gvardiya qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adhamjon Sormonqulov

U tayinlovga qadar Milliy gvardiyaning Toshkent shahridagi Brigadasi komandiri lavozimida ishlayotgandi.

Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sarvar Mamayusupov

Sarvar Mamayusupov 1978 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, 2007 yilda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan.

Xizmat faoliyatini 2000 yilda Sharqiy harbiy okrug tarkibidagi harbiy qism maxsus vazifalar otryadi komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida boshlagan. 2007—2020 yillarda Mudofaa vazirligida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

U 2020 yil aprelida Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, 2021 yil avgustidan buyon Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top