Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoniga muvofiq general-mayor Şuhrat Ğayratjonoviç Xolmuhammedov mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

U muqaddam Özbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantiriş böyiça örinbosari lavozimida işlagan, 2018 yil noyabrida prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari etib tayinlandi. Keyinroq favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari sifatida işlagan.

2021 yil martida Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari — Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği lavozimiga tayinlangandi. Öşa vaqtda polkovnik bölgan Şuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgandi.

Şuhrat Xolmuhammedov 2016 yilda «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan.

Bundan oldinroq, 2019 yildan buyon mudofaa vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Nizomoviç Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Sönggi beş yilga yaqin vaqt davomida Davlat xavfsizlik xizmati raisi bölgan Abdusalom Abdumavlanoviç Azizov esa Komil Allamjonovga suiqasd işi doirasida lavozimidan ozod etilgan. Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovga köra, u «prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibiyati ixtiyoriga ötkazildi». Unga yangi lavozim berilmagan.