Adiz Muzafaroviç Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda prezidentning tegişli farmoni imzolangan.

U 2018 yildan buyon viloyatga hokimlik qilib kelgan va salomatligi tufayli işdan ketgan Erkinjon Turdimov örnini egalladi. 

Adiz Boboyev 1972 yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tuğilgan. 1993 yil Toşkent xalq xöjaligi institutini «Iqtisodiy va ijtimoiy rejalaştiriş» mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

1993–2002 yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boşqarmasi mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi, yetakçi mutaxassisi, bölim boşliği örinbosari, bölim boşliği lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2002–2007 yillarda esa Buxoro viloyati hokimligi moliya boşqarmasi boşliği örinbosari – jamlanma budjet bölimi boşliği, boşqarma boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2008–2010 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi ijro etuvçi direksiyasi Daromadlarni prognozlaştiriş bölimi boşliği lavozimida işlagan. 2010–2012 yillarda Moliya vazirligi Davlat budjeti boş boşqarmasi Daromadlarni rejalaştiriş va jamlangan budjet tuşumlarini tahlil qiliş bölimi boşliği örinbosari lavozimida işlagan.

2012–2017 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qiliş, mukammal ta’mirlaş va jihozlaş böyiça jamğarmasi ijro etuvçi direksiyasi ijro etuvçi direktori örinbosari, keyinçalik Budjetdan taşqari ta’lim va soğliqni saqlaş muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş jamğarmasi ijro etuvçi direktori örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2017–2019 yillarda Moliya vazirligi Investitsiyalar boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan. 2019–2020 yillarda Moliya vazirligi Davlat rivojlantiriş dasturlarini moliyaviy ta’minlaş departamenti direktori lavozimida işlagan.

2020–2023 yillarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri örinbosari, 2023–2024 yillarda Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari bölgan.

2024 yilning yanvarida Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlangandi.