16:09 / 27.04.2022
3670
Orient Group rahbariyati Nijniy Novgorod va Ulyanovsk viloyatlari gubernatorlari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Foto: Orient Group

Nijniy Novgorod va Ulyanovsk viloyatlari hukumat delegatsiyalari O‘zbekistonga amaliy tashriflari chog‘ida Orient Group rahbariyati bilan strategik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

25 aprel kuni Orient Business Center‘da respublikaning eng yirik xususiy xoldingi rahbariyati va Rossiyaning ikki viloyatidan kelgan vakillik delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida hududlarning iqtisodiy salohiyati taqdimotlari o‘tkazildi. Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkix, xususan, qurilishdan tortib to chakana savdogacha bo‘lgan turli sohalardagi ko‘plab korxonalarni birlashtirgan biznes ko‘lami unda katta taassurot qoldirganini, bu esa sarmoyaviy hamkorlikni muhokama qilish uchun keng imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.

Foto: Orient Group

Voqeani sharhlar ekan, Orient Group Management bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Xoldingimiz manfaatlarining keng doirasi iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida integratsiya loyihalari muvaffaqiyatiga ishonish imkonini beradi. Biz Orient Group aktivlari negizida hamkor resurslar va texnologiyalarni jalb etgan holda qo‘shma korxonalar yaratishda jiddiy istiqbollarni ko‘ramiz. Yaqin kelajakda aniq tashabbuslarni muhokama qilishni boshlaymiz degan umiddamiz”.

Nijniy Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin bir qator sohalarda samarali hamkorlik qilish imkoniyatiga ishonch bildirdi. Tomonlar muloqotni rivojlantirish uchun ishchi guruhlar tuzishga kelishib olishdi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top