29 sentabr kuni Global Innovation Index 2022 reytingi e’lon qilindi, unga köra Özbekiston birdaniga 4 poğonaga kötarilib, 132 davlat orasida 82-örinni egalladi. Şu bilan birga, bir qator asosiy körsatkiçlar böyiça respublika jahonning kuçli öntaligiga kirdi. Bu, birinçi navbatda, iqtisodiy rivojlanişga taalluqlidir: yalpi kapital şakllanişi böyiça Özbekiston jahon reytingida 6-örinni, mehnat unumdorligining ösişi böyiça esa 7-örinni egalladi.

“Biz, biznes vakillari uçun nafaqat mutlaq körsatkiçlarda iqtisodiy ösiş, balki eng nufuzli xalqaro reytinglarda mavjud bölgan sifat körsatkiçlari ham juda muhim. Global Innovation Index Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon banki ma’lumotlariga asoslanadi, ya’ni u investorlar uçun haqiqiy mezon bölib xizmat qiladi. “Orient Group” bir qança yirik sanoat korxonalarini öz içiga oladi, öşa mehnat unumdorligi biz uçun asosiy körsatkiç bölib, bu yerda taraqqiyot haqiqatdan ham yaqqol namoyon bölmoqda. Bu Özbekiston uçun trendga aylanib borayotganini biliş yoqimli”, — deya voqeani şarhladi Orient Group Management boş direktori Andrey Safronyuk.

Özbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlaniş strategiyasiga köra, 2026 yilga borib Özbekiston Global Innovation Index böyiça 56 yetakçi davlatdan biriga aylanişi kerak.

Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibroxim Abdurahmonov: “2022 yilgi hisobot “Innovatsion rivojlaniş kelajagi” mavzusiga bağişlangan bölib, bu biz uçun alohida ahamiyatga ega, çunki respublikada amalga oşirilayotgan barça islohot va özgartirişlar jamiyatni kelajakda rivojlantirişga qaratilgan. Bir qator körsatkiçlar böyiça Özbekiston nafaqat makromintaqa, balki jahon miqyosida ham yetakçi örinlarni egallab turibdi. Misol tariqasida fan va muhandislik yönalişlaridagi bitiruvçilar sonining dinamikasini keltiriş mumkin, biz hayratlanarli tarzda dunyoda oltinçi böldik. Bunday misollar köp va biz ularning yanada köp bölişini ta’minlaşga harakat qilişni rejalaştirmoqdamiz”.

Global Innovation Index AQŞning Kornel universiteti, Fransiyaning INSEAD biznes maktabi va Jahon intellektual mulk taşkiloti bilan hamkorlikda işlab çiqilgan tadqiqotdir. U 81 körsatkiçdan iborat bölib, iqtisodiy rivojlanişning turli darajalarida joylaşgan mamlakatlarning innovatsion rivojlanişini tavsiflaydi. Reyting Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi tomonidan 2019 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Barqaror rivojlaniş uçun fan va texnologiyalar böyiça rezolyutsiyada qayd etilgan.