Premera namoyişi 1 oktyabr kuni Özbekistonning Berlindagi elçixonasida “O‘zbekistonlik” xalqaro forumida bölib ötdi. Ikki yuzga yaqin muvaffaqiyatli yurtdoşlarimiz, yevropalik diplomatlar, işbilarmonlar, Yevropa ijodiy industriyasi vakillari filmning birinçi tomoşabinlariga aylanişdi.
“Ikkinçi “O‘zbekistonlik” filmiga asos bölgan taniqli özbekistonliklarning hikoyalari har bir işning, har bir insonning yölida past-balandlik borligiga yorqin misoldir. Lekin bu insonlarni bir narsa birlaştiradi - öz işiga işoniş va şaroitlarga qaramay muqarrar muvaffaqiyatga erişiş. Kompaniyamiz aynan inson kapitalini rivojlantiriş orqali mamlakatning e’tirofi va nufuzini oşirişga intiladi. Mamlakat xalq, xalq esa eng oliy qadriyatdir. “O‘zbekistonlik”ning mazmun-mohiyati mana şu va şuning uçun Orient kompaniyasi uşbu loyihani çin dildan qöllab-quvvatlaydi”, — dedi tadbir haqida Orient Group boş direktori Andrey Safronyuk.

Film qahramonlaridan biri toşkentlik Dmitriy Bogdanov 19 yoşida Berlinga köçib ötgan va u yerda koinotga kiçik sun’iy yöldoşlarni uçiriş böyiça köp millionli aylanmaga ega ExoLaunch kompaniyasini taşkillaştirgan. Özining butun faoliyati davomida ExoLaunch koinotga 231 ta sun’iy yöldoşni yubordi, ular orbitaga turli xil yuklarni yetkazib beriş uçun özining orbital stullaridan foydalangan. Dmitriy Bogdanov özining asosiy orzusi Mars va Oyni mustamlaka qiliş loyihalarida iştirok etiş va öz kompaniyasi tomonidan kosmosda DHL obrösini qozoniş deb ataydi.
Filmning yana bir qahramoni Muştariy Şarifova navoiylik. U 2015 yilda Germaniyadagi Yevropa amaliy fanlar universitetida biznes va menejment yönalişida öqişni davom ettiriş uçun Özbekistonni tark etgan. Uning eng katta maqsadi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri Tesla'da işlaş edi. Buning uçun Muştariy uzluksiz öz ustida işlagan – öqişni davom ettirgan, şu bilan birga Adidas, Zalando va SAP’da noyob xalqaro tajribaga ega bölgan. Bu sa’y-harakatlar besamar ketmadi – bugungi kunda hamyurtimiz Tesla’da tahlilçi bölib faoliyat yuritadi, xalqaro moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiradi, kompaniyaning yillik budjetini hisoblab çiqadi.
2022 yil oxirigaça jahon poytaxtlaridan birida navbatdagi “O‘zbekistonlik” forumi bölib ötadi va u yerda filmning uçinçi qismi taqdim etiladi. Ikkinçi seriyani My5 telekanalida, şuningdek, YouTube’da tomoşa qiliş mumkin.
















