Kompaniya butun Özbekiston böylab öz supermarketlari formati va konsepsiyasini qayta işga tuşiriş niyatida. Yirik rejalarni amalga oşiriş uçun global çakana bozoridan mutaxassislar jalb qilinadi.
Makro kompaniyasi Kuzatuv kengaşiga birinçi tayinlov amalga oşirildi. Uning tarkibiga birinçi mustaqil direktor — Vitaliy Podolskiy (X5 Retail Group’ning sobiq CFO’si) kirdi, uning mas’uliyat sohasi moliyaviy faoliyat va umumiy strategik rivojlaniş masalalari böladi.
Vitaliy Podolskiy AQŞ, Yevropa, Rossiya va MDHda moliya, strategiya va korporativ boşqaruv sohasida 25 yillik tajribaga ega. Sönggi 15 yil davomida u yetakçi davlat va xususiy kompaniyalarning mustaqil direktori va audit va moliya qömitalari raisi bölib faoliyat yuritgan. U tasdiqlangan direktor (Chartered Director - The UK Institute of Directors eng yuqori malakasi), "Rossiyaning yil direktori - 2019" Milliy mukofotining asosiy nominatsiyasi ğolibi, "TOP-50 Rossiya direktorlari” (2012 - 2020) reytingi laureati. Hozirda u Buyuk Britaniyadagi yuqori texnologiyali global investitsiya fondi — Çesterfild fondining hamkori, AQŞ va Yevropadagi innovatsion kompaniyalari direktorlar kengaşi a’zosi.
“2022 yilda Orient Group öz strategiyasini şakllantirişni yakunladi, bunda Makro alohida örin tutadi. Biz Özbekistonda zamonaviy çakana savdo formatlarida katta imkoniyatlarni körmoqdamiz. Şu bois 2023 yilda supermarketlar tarmoğimizni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Strategiyani amalga oşirişdagi ilk qadam korporativ boşqaruvni kuçaytiriş böladi, uning doirasida Vitaliy Podolskiy tayinlandi”, - dedi Orient Group boş direktori Andrey Maslov.
“Meni Makröning obröli jamoasiga qöşiliş imkoniyati ilhomlantirdi. Çakana savdo nafaqat zamonaviy iqtisodiyotning eng yirik iş beruvçisi, balki milliy innovatsiyalar va turli xil sanoat, innovatsion texnologiyalar, ta’lim va mamlakatning boşqa muhim tarmoqlarini rivojlantirişning kuçli omilidir. Bugungi kunda Özbekiston çakana savdo bozori butun Yevrosiyodagi eng dinamik va istiqbolli bozorlardan biri hisoblanadi. Makro özining dastlabki yetakçilaridan biri bölganligi sababli, Orient Group’ning çuqur vakolatlari va resurslari bilan kengayiş va rivojlaniş uçun katta istiqbolga ega ekanligiga şubham yöq”, - dedi Vitaliy Podolskiy.
Reklama
















