09:00 / 28.04.2022
1940
“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2021 yilda erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalarga 4,1 trln. so‘m miqdorida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatdi
Foto: O‘zbekinvest

Milliy iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va yo‘nalishlariga amal qilgan holda, “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan erkin iqtisodiy-industrial va kichik sanoat hamda ixtisoslashtirilgan zonalar hududlarida sug‘urta faoliyati barqaror rivojlanishiga erishildi.

2021 yilda sug‘urta turlarining mazkur yo‘nalishi bo‘yicha 4,0 milliard so‘m miqdoridagi sug‘urta mukofoti ta’minlanib, sug‘urtalash  hajmi 2020 yilga nisbatan 136 foizga o‘sdi.      

Respublika xududlaridagi iqtisodiy va sanoat zonalari  rezident korxonalari bilan 297 ta shartnomalar tuzildi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan 2021 yil mobaynida erkin iqtisodiy-industrial va kichik sanoat zonalari sub’yektlari bilan tuzilgan 52 ta shartnomalar bo‘yicha 1,9 mlrd so‘m miqdordagi sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

Joriy yilda ham Kompaniya erkin iqtisodiy-industrial, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan hududlarning rezident korxonalari bilan faol ish olib borishni davom ettiradi.

Xususan, iqtisodiy va sanoat hududlardagi korxonalarning  sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha joylarga chiqqan holda konsultatsiyalar o‘tkazish, korxonalar uchun dolzarb bo‘lgan, ularning talab va istaklarini inobatga olgan holda, yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, kompleks sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish kabi qator tadbirlar rejalashtirilgan.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ axborot xizmati Ⓣ

Top