Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan keng qamrovli “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida "O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasi ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil etdi. Ushbu tadbir kompaniyaning yuqori darajadagi korporativ boshqaruv tamoyillariga sodiqligini namoyish etadi.
Foto: O‘zbekinvest
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura xodimlari, tegishli davlat organlari mutaxassislari, yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, taniqli blogerlar, talabalar, shuningdek kompaniya jamoasi ishtirok etdi.
Tadbir interaktiv formatda o‘tdi. Rasmiy chiqishlar bilan bir qatorda ochiq munozaralar, mavzuli sessiyalar va ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar taqdim etildi.
Kompaniya vakillari korrupsiyaviy xatarlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Jumladan, ichki nazorat mexanizmlari va komplayens-protseduralar joriy etilgan, “Korrupsiyaga qarshi ishonch telefoni” faoliyat yuritadi, xodimlardan manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash yuzasidan yillik deklaratsiyalar olinadi va tahlil qilinadi. Tahlil natijasida aniqlangan holatlar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan ma’lumot kompaniyaning “Odob-axloq komissiyasi”ga taqdim etiladi. Xodimlar orasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkaziladi. Sug‘urta jarayonlarini raqamlashtirish ishlari jadallashtirilmoqda. Shu orqali potensial xatarlar kamaytirilib, ichki protseduralarning shaffofligi oshirilmoqda.

Ishtirokchilar kompaniya mutaxassislari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Blogerlar va jurnalistlar kompaniyaning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi shakllantirilishi va yangilanish tartibi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlari, ichki tekshiruvlar bo‘yicha ochiqlik darajasi va kompaniyaning antikorrupsion jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha milliy loyihalarda ishtiroki haqida savollar berdilar. Kompaniya vakillari barcha savollarga batafsil izoh berib, ma’lumotlarning ochiqligi kompaniyaning strategik ustuvorliklaridan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, xodimlar sug‘urta faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillarni kamaytirish bo‘yicha amaliy takliflarini taqdim etdilar. Bu takliflar mijozlar uchun qo‘shimcha elektron xizmatlar yaratish, bojxona va sug‘urta qonunchiligidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish orqali huquqiy bazani takomillashtirish, zararlarni qoplash jarayonini kuchaytirilgan nazorat ostiga olish, avtomatlashtirilgan tahliliy tizimlarni joriy etish va ichki auditni xatarlarni baholash tamoyili asosida kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu tashabbuslar vakolatli organlar vakillari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va sug‘urta bozoridagi shaffoflikni oshirishda muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir fikr almashinuvi, hamkorlikni mustahkamlash va kompaniyaning korrupsiyaga qarshi ochiq pozitsiyasini namoyish etish uchun muhim platforma bo‘ldi. “Ochiq eshiklar kuni” kompaniyaning ochiqlik va shaffoflik siyosatiga izchil amal qilish, jamoatchilik va ekspertlar bilan samarali muloqotni rivojlantirish, ichki nazorat mexanizmlarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi milliy dasturlarda faol ishtirok etish va antikorrupsion madaniyatni korporativ faoliyatning doimiy qismiga aylantirishga sodiqligini tasdiqlaydi.
Kompaniya kelgusida shunday uchrashuvlar formati kengaytirilishini, jumladan treninglar, maslahat sessiyalari va profil tashkilotlar bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
"O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasining korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari:
📞 Ishonch telefoni: +998781200361 | 📧 E-mail: [email protected]
💬 Telegrambot | 🌐 uzbekinvest.uz
Mavzuga oid
09:59 / 14.11.2025
«O‘zbekinvest» kompaniyasi milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati va ishonchlilikning eng yuqori darajasi - «AAA» reytingiga sazovor bo‘ldi
10:00 / 27.10.2025
Bern Ittifoqi: hamkorlar O‘zbekistondagi islohotlar muvaffaqiyati va investitsiyaviy jozibadorlikning o‘sishini ta’kidladilar
10:00 / 17.10.2025
“O‘zbekinvest”da davlat tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
10:00 / 16.10.2025