Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekinvest» kompaniyasi «Yashil makon» dasturi doirasida Qibray tumanidagi park-bog‘ni kengaytirdi
Umummilliy «Yashil makon» dasturini amalga oshirish doirasida «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi 2025 yilda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ekologik tashabbuslarni davom ettirib, Toshkent viloyati Qibray tumanida ilgari barpo etilgan park-bog‘ hududini kengaytirdi.
Foto: O‘zbekinvest
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025 yil «Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili» deb e’lon qilinishi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq, «O‘zbekinvest» kompaniyasi yashil hududlar maydonini kengaytirish va barqaror ekologik muhitni shakllantirishga izchil hissa qo‘shib kelmoqda.

Tadbir davomida kompaniya xodimlari tomonidan qo‘shimcha 1000 ta daraxt ekildi. Natijada park-bog‘ hududi 3,5 gektarga yetkazilib, uning ekologik hamda ijtimoiy ahamiyati yanada oshirildi. Aksiyada kompaniya xodimlari bilan birga «O‘zbekinvest» kompaniyasining ambassadori — taekvondo WT bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov ham ishtirok etdi.

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari hududning iqlim va tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda, barqaror va moslashuvchan daraxt navlaridan foydalanib amalga oshirildi, bu esa loyihaning uzoq muddatli samaradorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, agrotexnik va obodonlashtirish ishlari ham olib borildi.

Ekilgan daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli davlat organlariga taqdim etilib, «Yashil makon» umummilliy platformasiga kiritiladi.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi kelgusida ham aholi uchun havo sifatini yaxshilash va Toshkent atrofida yashil belbog‘ hosil qilishga qaratilgan ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:45 / 15.12.2025
"O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan keng qamrovli “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
09:59 / 14.11.2025
«O‘zbekinvest» kompaniyasi milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati va ishonchlilikning eng yuqori darajasi - «AAA» reytingiga sazovor bo‘ldi
10:00 / 27.10.2025
Bern Ittifoqi: hamkorlar O‘zbekistondagi islohotlar muvaffaqiyati va investitsiyaviy jozibadorlikning o‘sishini ta’kidladilar
10:00 / 17.10.2025