10:35 / 01.05.2022
38340

Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Foto: Kun.uz

2 may, dushanba kuni O‘zbekistonda Ramazon hayiti nishonlanadi. Musulmonlar idorasi respublika bo‘ylab Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, hayit namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:40 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi:

  • Andijon viloyati — 05:30;
  • Buxoro viloyati — 06:00;
  • Jizzax viloyati — 05:55;
  • Navoiy viloyati — 06:00;
  • Namangan viloyati — 05:30;
  • Samarqand viloyati — 06:00;
  • Sirdaryo viloyati — 05:50;
  • Surxondaryo viloyati — 06:00;
  • Toshkent viloyati — 05:50;
  • Toshkent shahri — 05:40;
  • Farg‘ona viloyati — 05:30;
  • Xorazm viloyati — 06:10;
  • Qashqadaryo viloyati — 06:00;
  • Qoraqolpog‘iston Respublikasi — 06:20.
Top