Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya prezidenti uch yil ichida ilk bor Tehronga tashrif buyurdi
Suriya yetakchisi Bashar Asad bir necha yil ichida ilk bor Eron poytaxtiga safar qildi va u yerda respublika rahbarlari bilan uchrashdi.
Foto: DW
Suriya prezidenti Bashar Asad 8 may, yakshanba kuni bir necha yil ichida ilk bor Eronga tashrif buyurdi. Tehronda u islom respublikasi rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi, deb xabar berdi davlat televideniyesi.
Bu Asadning 2019 yil fevralidan beri Tehronga birinchi va Suriyada boshlangan fuqarolar urushi vaqtidagi ikkinchi safariga aylandi. Qayd etilishicha, Suriya prezidenti allaqachon Eron poytaxtini tark etib, Damashqqa ketgan.
Eron Rossiya bilan birga Suriya rahbarining asosiy ittifoqchilaridan biri hisoblanadi. Tehron Asad hukumatiga moliyaviy yordam ko‘rsatgan va urush boshlanganidan beri Suriyaga minglab «ko‘ngilli» jangchilarni jo‘natgan.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
FT: Eron hukumati namoyishlarni qo‘llagan kompaniyalar va tadbirkorlarning mulkini musodara qilmoqda
15:48 / 20.01.2026
Tramp nega Erondagi namoyishchilarga yordamga kelmadi?
15:30 / 20.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
21:49 / 19.01.2026