28 dekabr kuni Eronda ommaviy namoyişlar boşlanganidan keyin AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron rejimiga hujum qiliş bilan tahdid sola boşladi. 2 yanvar kuniyoq u AQŞ namoyişçilarga yordamga borişi mumkinligini istisno etmagandi, 13 yanvar kuni esa töğridan töğri namoyişçilarni hokimiyatni ağdarişga çaqirib, «yordam allaqaçon yölda» ekaniga işontirdi. Ammo AQŞ tomonidan Eron böylab heç qanday zarba bölmadi. The Washington Post va Axios naşrlari Tramp nima uçun Eronga hujum qilişdan (kamida hozirça) tiyilganini aniqlaşdi. «Meduza» bu maqola mazmunini keltiradi.
Tramp qaçondan Eronga zarba beriş haqida öylab qolgandi?
Tramp 2 yanvar kuniyoq Erondagi vaziyatga aralaşişi bilan tahdid qilgan bölsa-da, («Agar Eron öz odatiga köra namoyişçilarni öqqa tutadigan va ularni şafqatsizlik bilan öldiradigan bölsa, AQŞ ularga yordamga boradi»), uning ma’muriyati öşa vaqtda namoyişlarni oyatulloh rejimiga jiddiy tahdid sifatida körmagan. Amerika razvedkasi avvalboşdan köçalardagi çiqişlarni yetarli darajada ğayratli emas deb baholagandi. Lekin bu baho 8 yanvarga kelib özgaradi, bu vaqtda Erondagi namoyişçilar faolligi keskin kötarilgandi.
9 yanvar kuni Oq uyda AQŞning Erondagi norozilik namoyişlariga ehtimoliy reaksiyasi böyiça yuqori darajadagi ilk yiğiliş bölib ötadi. Unda iştirok etgan eng yuqori lavozimli mansabdor vitse-prezident Jyey Di Vens edi. Bu vaqtga kelib, Eron hukumati mamlakatda internetni öçirib qöydi, jangovar qurollarni işga solib, köça namoyişlari iştirokçilarini yoppasiga öldirişga kirişdi.
Bu yiğilişdan köp vaqt ötmasdan, 10-11 yanvar kunlari Trampga Eron böylab zarbalar beriş böyiça bir neça variantlar taqdim etilgani haqida xabarlar çiqdi. Xuddi şu vaqtda Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi vaziyatni yumşatiş uçun Amerika prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan boğlandi. «Bir neça kun ötgaç, bu norasmiy aloqa kanali Tramp tomonidan qabul qilingan qarorda muhim rol öynadi», – deb yozadi Axios.
13 yanvar kuni Erondagi namoyişlar böyiça yiğilişda Trampning özi ham iştirok etadi (bungaça u faqat razvedka hisobotlari, şuningdek, Vens hamda va davlat kotibi Marko Rubioning hisobotlarini qabul qiliş bilan çeklangan). Maslahatçilar unga AQŞning kuç bilan javob qaytariş variantlarini, jumladan, harbiy kemalar va suvosti kemalaridan Eron rejimi obektlariga zarbalar berişni taklif qilişadi. Tramp ehtimoliy hujumga tayyorgarlik jarayonini oxiriga yetkazişni talab qiladi, ammo bu haqda aniq buyruq bermaydi.














